Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Diplomatiya

Şuningdek, Qirğiziston tomoni bilan yana quyidagiça yer oldi-berdisi böyiça kelişuvlar qilingan

Matn14-noyabr, 2022, 20:131 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzBoş vazir Abdulla Aripov Qirğiziston bilan çegara kelişuvi doirasida berilayotgan 13 ming 719 gektar yaylov yer va uning sabablari haqida maʼlumot berdi.

Şuningdek, Qirğiziston tomoni bilan yana quyidagiça yer oldi-berdisi böyiça kelişuvlar qilingan:

🇺🇿 Özbekistonga:

1) Andijon (Kampirobod) suv omborini boşqariş uçun Qirğizistonning 19,5 gektar yeri Özbekistonga berilmoqda;

2) 10 ta aholi punktini almaşiş yuzasidan Qirğizistonning 429 gektar yeri Özbekistonga berilmoqda.

🇰🇬 Qirğizistonga:

1) Kosonsoy va Çust yerlarini suğorişdagi asosiy manba bölgan Qirğiziston hududidagi 850 gektar hududda joylaşgan Kosonsoy suv ombori uçun Özbekistonning Çust, Kosonsoy va Yangiqörğon tumanlaridan 477 gektar yer kompensatsiya tarzida Qirğizistonga berilmoqda (şu yerlarning 105 gektari şundoq ham bahsli bölgan va Qirğiz fuqarolari yaşaydigan Çustdagi Qoraqörğon hududidir);

2) 10 ta aholi punktini almaşiş yuzasidan Özbekistonning vodiy viloyatlari hududidan 294 gektar yer Qirğizistonga berilmoqda. Evaziga Özbekiston 429 gektar yer Qirğiz yerini olyapti.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek