Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Özbekiston Qirğizistonga qança yer bermoqda?

Video14-noyabr, 2022, 19:566 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Özbekiston Qirğizistonga qança yer bermoqda? Bularning sabablari haqida batafsil.

Boş vazir Abdulla Aripov Qirğiziston bilan kelişuv böyiça muhim maʼlumotlarni oşkor qildi:

Internetda aytilgandek, Özbekiston Andijon (Kampirobod) suv ombori örniga 19,5 ming gektar yer beryapti, degan xabarlar notöğri. Ayni hozirgi kelişuvda 13 ming 719 gektar yaylov yer beriş nazarda tutilmoqda.

❓Xöş, bu yer nimaga berilyapti?

1️⃣ Berilayotgan yerning 1 ming 19 gektari Andijon suv omboriga ajratilgan yerning kompensatsiyasidan qolgan qismi uçun. Yaʼni suv ombori hududi aslida 5 ming gektar. Özbekiston öşa sovet paytida 4 ming gektar bergan xolos. Yaʼni qarzimiz bölgan. Şu qarzni uziş uçun.

2️⃣ Sovet paytidagi kelişuv şartnomasida biz yana bitta majburiyat olgan ekanmiz. Özbekiston hududidan kanal tortib, Botken viloyatiga suv oborib berişimiz kerak bölgan. Lekin bu qilinmagan. Qirğizlar buni doim daʼvo qilişgan, çegara böyiça kelişuv bölişi uçun eng avvalo bu majburiyatni bajarişni söraşgan. Qirğizlarning daʼvosi böyiça, kanal orqali suv bormagani uçun 8 mingdan 18 ming gektargaça yerni ekin yeri sifatida özlaştirolmaganini aytişgan.

1-dan, endi bunaqa kanal quriş juda qimmat. 2-dan, kanal quriş uçun Andijon va Farğonadagi 20 dan ortiq qişloq aholisini köçiriş kerak böladi. 3-dan, 2 ming gektar Özbekiston ekin yerlari kanal uçun ketib qoladi. Şu sababli Özbekiston bu majburiyat örniga 12 ming 709 gektar yaylov yer bermoqda. Qirğizlar köproq yer söragan, lekin savdolaşilgan.

Namangan viloyati Ğovasoy uçastkasidagi toğli hududdan berilayotgan 12,7 ming gektar yaylov yerining 6 ming gektari şundoq ham bahsli yer bölgan. Hozir amalda u yerdan qirğiz fuqarolari foydalanmoqda.

❗️Demak, özlaştirilmagan 8 ming gektar ekin yer örniga 12,7 ming gektar yaylov yer zararni qoplaşga berildi (uning yarmi bahsli yer). Çegara nizolarida 1 gektar ekin yeri örniga odatda 2,5 baravar yaylov yeri beriladi.

Şu bilan Özbekiston kanal quriş majburiyati (qarzi)dan qutiladi va Andijon suv ombori ustidan Özbekiston nazorati yuzasidan azaliy nizolar bartaraf etiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek