Şavkat Mirziyoyev Eronga nisbatan olib borilgan harbiy harakatlar böyiça munosabat bildirdi
Şavkat Mirziyoyev Eronga nisbatan olib borilgan harbiy harakatlar böyiça munosabat bildirdi
Davlat rahbari uşbu harakatlar butun mintaqani uruş girdobiga tortişi va keng miqyosdagi ekologik halokat öçoğining vujudga keliş xavfini tuğdirganini taʼkidladi.
Şuningdek, Eron va Isroil örtasida öt oçişni töxtatiş böyiça erişilgan kelişuvni Özbekiston tomoni qöllab-quvvatlaşini bildirildi. Prezident bu qarorni mintaqadagi keskinlikni yumşatiş va xavfsizlikni tiklaş yölidagi muhim qadam sifatida baholadi.
“Bu kelişuv barça muammolarni diplomatik va konstruktiv muzokaralar yöli bilan hal etiş uçun mustahkam zamin yaratişiga işonamiz”, — dedi Prezident.
Şuningdek, ommaviy qirğin qurollarini tarqatmaslik va ularni işlatişdan tiyiliş masalasi global xavfsizlikning eng dolzarb yönalişlaridan biri ekani taʼkidlandi.
Şavkat Mirziyoyev dunyo hamjamiyatini yana bir bor yadro qurolidan xoli hududlar geografiyasini kengaytirişga çaqirdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars


