Nomingizga kredit olişni çeklaş mumkin
❗️Nomingizga kredit olişni çeklaş mumkin
Afsuski, firibgarlar tomonidan boşqa birovning nomiga kredit rasmiylaştiriş holatlari uçrab turibdi. Şu paytgaça fuqarolar kredit tarixi olişga çeklov qöyiş imkoniyatiga ega edilar. Endi esa bunday noxuş vaziyatlarning oldini oliş uçun yanada kuçliroq vosita bor, deya xabar bermoqda Raqamli texnologiyalar vazirligi.
my.gov.uz portalida “Kredit bitimini tuzişga taqiq qöyiş yoki taqiqlaşni olib taşlaş” xizmati işga tuşirildi.
❓ Bu nima degani?
Endilikda siz nomingizga kredit rasmiylaştirilişiga osongina taqiq qöyişingiz mumkin. Kredit taşkilotlari esa qarz berişdan oldin, fuqaro öziga kredit ajratilişiga taqiq qöyganmi-yöqmi, tekşirişga majbur. Agar taqiq aniqlansa, sizning nomingizga kredit ajratilmaydi.
Uşbu qulaylikdan foydalaniş juda oddiy ekan. Özim ham sinab kördim, şunçaki Yagona portalga kirib, xizmat sahifasiga ötasiz va kredit olişga taqiqni yoqasiz. Bitta tugmani bosiş bilan hal bölar ekan.
Mazkur xizmatdan foydalaniş bepul.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars



