Octobank onlayn kredit beriş bilan boğliq firibgarlik holatlariga munosabat bildirdi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXuşnudbek Telegramdagi onlayn kredit firibgarlari sxemasini foş qildi. Ular soxta şartnomalar va AI videolaridan foydalanib, odamlarni çuv tuşirmoqda.❗️Octobank onlayn kredit beriş bilan boğliq firibgarlik holatlariga munosabat bildirdi
Keça kanalimda Telegramdagi firibgarlar onlayn kredit beramiz, deb aldab, xizmat haqi sifatida oldindan 400 ming söm olayotgani haqida yozgandim.
💳 Firibgarlar pullarni qabul qiliş uçun bir neçta jismoniy şaxslarning plastik kartalaridan foydalanişgan (balki öşa karta egalarining özi ham jabrlanuvçi bölişi mumkin). Pul qabul qilinayotgan plastik kartalardan biri Octobank'ga tegişli edi.
Bank uşbu post yuzasidan bayonot berib, xabarda tilga olingan firibgarlik holatlari "Octo-Mobile" mobil ilovasi orqali amalga oşirilmaganini maʼlum qildi.
Bu böyiça bankka na fuqarolar, na huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan heç qanday murojaat yoki sörov kelib tuşmagan.
Şuningdek, uşbu xabarda keltirilgan fuqaro nomiga bank kartasi rasmiylaştirilganida qonunbuzarlik yoki bankning xavfsizlik infratuzilmasiga tajovuz holatlari aniqlanmagan.
❌ Hozirda bank tomonidan tegişli çora-tadbirlar körilgan bölib, mazkur operatsiyalar şubhali deb topilgan va ular bilan boğliq bank kartalari faoliyati vaqtinça töxtatilgan.
Octobank vaziyatga öz vaqtida izoh berib, tegişli xavfsizlik çoralarini körgani va mijozlariga oçiq maʼlumot bergani yaxşi bölibdi. Boşqa banklar ham xuddi şunday iş tutişsa, maqsadga muvofiq bölar edi. Onlayn firibgarlik holatlarida summa qança bölişining farqi yöq, 400 ming sömmi yoki 400 mln sömmi, har doim kiberxavfsizlik taşkilotlari va banklar bunga tezkorlik bilan çora körişi şart.
👉 @xushnudbek 👈



