Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Kiberjinoyat oqibatida kelib çiqqan moddiy zarar banklar hisobidan undiriladi

Matn6-may, 2025, 10:351 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Prezident qarori bilan:

➖ Banklar, tölov tizimi operatorlari, tölov taşkilotlari va boşqa taşkilotlarning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida yöl qöyilgan kiberjinoyat oqibatida kelib çiqqan moddiy zarar ularning hisobidan undiriladi;

➖ Kiberjinoyatni sodir etişda öz nomidagi bank kartasidan, bank hisobraqami, elektron hamyonidan va boşqa şaxsiga doir maʼlumotlaridan (SIM kartasi, elektron akkaunti) foydalanişga yöl qöygan şaxslar uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik çoralari örnatiladi;

➖ Kiberjinoyatlarning oldini oliş yönalişida axborot tizimidagi zaifliklar va kamçiliklar natijasida kiberjinoyat sodir etilişiga yöl qöygan banklar va tölov taşkilotlari röyxati ommaga eʼlon qilinadi hamda aholi pul mablağlarini jalb qilişga qaratilgan onlayn firibgarlik sxemalari (“moliyaviy piramida”)ni barvaqt aniqlaş amaliyoti yölga qöyiladi;

➖ Şaxslarning bank kartalaridagi pullarining talon-toroj qilinişini töxtatiş maqsadida banklar, tölov tizimi operatorlari va tölov taşkilotlariga zamonaviy antifrod va antivirus himoya tizimlari joriy etiladi hamda firibgarlar tomonidan soxta raqamlar orqali fuqarolarga qönğiroq qilinişi texnik çeklanadi (imkonsiz qiliş);

➖ Kiberjinoyatlarni foş etiş yönalişida Markaziy bank, tölov tizimi va içki işlar organlari vakillaridan iborat tezkor harakatlaniş guruhi faoliyati yölga qöyiladi va mazkur guruh tomonidan şubhali pul ötkazma amaliyotlariga aloqador bank kartalarini tezkorlik bilan aniqlaş va bloklaş kabi çoralar körib boriladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 11 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek