Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

2022-yilda Termizga 5 ta snaryad otişda iştirok etgan şaxs 16 yil ozodlikdan mahrum etildi

Foto30-iyun, 2025, 17:442 daqiqa0 koʻrish

❗️2022-yilda Termizga 5 ta snaryad otişda iştirok etgan şaxs 16 yil ozodlikdan mahrum etildi

2022-yil 5-iyul kuni 🇦🇫Afğoniston hududidan beşta reaktiv snaryad Termizning “Majnuntol” mahallasiga qulagan, törtta raketa beşta uyga zarar yetkazgan, beşinçisi esa futbol maydoniga tuşgan edi.

26-iyun kuni uşbu jinoyatda ayblangan O.S ga hukm öqildi. Sud hujjatiga köra, 40 yoşli sudlanuvçi raketa snaryadlarini IŞID amirlari buyruği bilan guruh maxsus instruktorlar iştirokida 🇹🇯Tojikiston va 🇺🇿Özbekiston hududiga uçirgan.

U 2022-yil iyul oyida qurolli guruh aʼzolari bilan Qobul şahrida terakt sodir etiş maqsadida harakatlangan vaqtida “Tolibon” harakati tomonidan qölga olinganidan söng, 🇮🇷Eron orqali 🇵🇰Pokistonning Kvetta şahriga qoçgan. S.O u yerda faoliyatini davom ettirgan.

2024-yil 20-sentabr kuni tunda Pokiston xavfsizlik kuçlari tomonidan u va uning şeriklari yaşaş xonadonlarida qölga olingan va Kvetta şahar qamoqxonasiga joylaştirilgan.

Ular 2025-yil 24-yanvarga qadar qamoqxonada saqlanişgan. Sudlanuvçi şu yilning 24-yanvar kuni Özbekiston huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan maxsus reys bilan Toşkentga olib kelingan.

U sud hukmiga köra, Jinoyat kodeksining bir neçta moddalari bilan aybli deb topilib, uzil-kesil 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek