Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tezkor

Qölga tuşgan advokatlar

Video18-iyul, 2024, 14:473 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Qölga tuşgan advokatlar

➖ Farğona şahridagi advokatlik firmalarida işlovçi 2 nafar advokat, 6 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va hozirda jazo muddatini ötayotgan mahkum jazosini sud organlaridagi tanişlari orqali ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan boşqa jazoga özgartirib beriş evaziga 50 ming dollar olgan vaqtlarida uşlangan.

➖ Toşkent şahridagi advokatlik firmasining muqaddam bir neça marotaba sudlangan advokati töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan MÇJning mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida aniqlangan 12 mlrd söm miqdoridagi zararning 6 mlrd sömini prokuratura va içki işlar organlaridagi tanişlari yordamida jabrlanuvçi foydasiga undirib beriş evaziga 100 ming dollar talab qiladi. Ammo, u söralgan pul mablağidan 50 ming dollarini olgan vaqtida qölga olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, advokatning uşbu işga aloqador bölgan hamkasbi va muqaddam prokuratura organlarida işlagan tanişi ham 50 ming dollardan 30 ming dollarini olgan vaqtlarida uşlangan.

➖ Samarqand şahridagi advokatlik firmasining avval sudlangan advokati Oqdaryo tumanida yaşovçi fuqaroning turmuş örtoği bilan qonuniy nikohini bekor qilişda sud tizimidagi tanişlari orqali yordam beriş evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida qölga tuşgan.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek