Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tezkor

Qöqonda 315,5 mln söm va 120 ming dollarlik qalbaki pullar uşlandi

Foto13-avgust, 2025, 13:041 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Davlat xavfsizlik xizmati:

Farğona viloyati Qöqon şahrida mahalliy fuqaro qalbaki pullarni muomalaga kiritiş bilan şuğullanayotgani aniqlandi.

Ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur şaxs 50 mln söm miqdoridagi qalbaki pullarni “şartli xaridor”ga haqiqiy 8 mln söm evaziga sotgan vaqtida uşlandi.

Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning xonadoni ham xolislar iştirokida közdan keçirildi. Natijada bu yerda 50, 100 va 200 ming sömlik jami 315,5 mln söm miqdoridagi hamda 100 AQŞ dollarlik jami 120 ming dollar miqdoridagi qalbaki kupyuralar borligi maʼlum böldi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, qalbaki pullarni yetkazib bergan fuqarolarning şaxsiga aniqlik kiritiş böyiça iş olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 6 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek