DXX Böstonliqda 5 nafar aka-ukadan 9 kg marixuana va qurollarni musodara qildi
Davlat xavfsizlik xizmati:
➖ Toşkent viloyati Böstonliq tumanida yaşovçi 5 nafar aka-ukalarning yaşaş xonadonlari xolislar iştirokida közdan keçirilganda, yaşirib qöyilgan jami 9 kg 14 gr marixuana, 1 tup kannabis, 1 dona pnevmatik qurol, ov quroliga tegişli 21 dona patron, 19 dona gilza, 1 dona rezina tayoqçasi (dubinka), 2 dona sovuq qurol aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi.
Şuningdek, ularning şerigiga tegişli yaşaş manzili ham közdan keçirilganda, xonadon omborxonasi va oşxonasida jami 7 dona qoğoz bölagiga solingan quruq holatdagi kannabis va çekiş uçun möljallangan moslama borligi aniqlandi.
Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
***
Yana bir holatda Tojikistondan kontrabanda yöli bilan olib kelingan giyohvandlik vositasining aylanmasiga çek qöyilgan bölsa, boşqa holatda Farğona tumanida 6 ming 880 dona “Zardeks” kuçli taʼsir qiluvçi dori vositasi aniqlandi.
- 1 Telegram Stars


