Özbeklarni haqorat qilgan «Abdulloh qori aka» nomi bilan tanilgan TikTokerga hukm öqildi
Özbeklarni haqorat qilgan "Abdulloh qori aka" nomi bilan tanilgan TikTokerga hukm öqildi
Jinoyat işlari böyiça Nurafşon şahar sudining hukmi bilan V. D. (1999 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan) Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş) 2-qismi va 158-moddasi (Özbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qiliş) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
U TikTok ijtimoiy tarmoğida özbek millatini haqorat qiluvçi doimiy çiqişlar qilib kelar edi.
Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda ötaş belgilandi.
Maʼlumot uçun, u joriy yilning mart oyida Abu-Dabi – Samarqand reysi orqali Özbekistonga olib kelinib, hibsga olingan edi.
- 11 Telegram Stars


