Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tezkor

DXX: Şarof Raşidov tumani hokimi 10 ming dollar pora olayotganda qölga olinib, jinoyat işi qözğatildi

Video9-iyul, 2025, 20:325 daqiqa0 koʻrish

⚡DXX: Şarof Raşidov tumani hokimi 10 ming dollar pora olayotganda qölga olinib, jinoyat işi qözğatildi

Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumani hokimligining boş mutaxassisi quriliş sohasida faoliyat yurituvçi MÇJ rahbariga tuman hududidan köp qavatli uy-joy quriş uçun yer maydoni ajratib berişni vaʼda qiladi va evaziga 30 ming AQŞ dollari talab qiladi.

Joriy yilning 5-iyul kuni boş mutaxassis söralgan pul mablağidan 10 ming AQŞ dollarini olib, tuman hokimiga beradi. 8-iyul kuni esa tadbirkordan qolgan 20 ming AQŞ dollarini ham oladi. Unga tuman hokimining tegişli qarori bilan "Tokçilik" MFY hududida umumiy örta taʼlim maktab binosini barpo etiş uçun ajratilgan 1,7 gektar yer maydonida 8 ta köp qavatli uy qurilişiga ruxsat berilgan hujjatlarni taqdim etadi.

Söngra, boş mutaxassis hokimiyat binosi oldida tuman hokimiga 10 ming AQŞ dollarini bergan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi.

Hozirda Şarof Raşidov tumani hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan, boş mutaxassisga esa Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek