Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tezkor

DXX: Namangan şahri hokimiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi va qamoqqa olindi

Video2-sentabr, 2025, 11:434 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

DXX: Namangan şahri hokimiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi va qamoqqa olindi

Namangan şahar hokimi va poyabzal işlab çiqaruvçi masʼuliyati çeklangan jamiyat rahbari özaro til biriktirib, quriliş sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqarodan şahar hududidagi 35 sotix yer maydonida joylaşgan maʼnan eskirgan turar-joy binolari örniga köp qavatli uy barpo etiş huquqini olib beriş va moliyalaştiriş evaziga 60 ming AQŞ dollari talab qilişadi.

Ötkazilgan tezkor tadbirda dastlab MÇJ rahbari uşbu söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Şundan söng tezkor tadbir davom ettirilib, şahar hokimi özining yana bir işonçli odami bölgan – hokimlikning devonxona mudiri orqali MÇJ rahbaridan 60 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi.

Hozirda Namangan şahar hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, DXXning Namangan viloyati boşqarmasi Tergov bölimi tomonidan unga va devonxona mudiriga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda pora oliş) bilan, MÇJ rahbariga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda firibgarlik va pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatildi.

Şahar hokimiga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi.

Taʼkidlaş lozimki, tergov doirasida hokimning boşqa noqonuniy harakatlariga nisbatan ham huquqiy baho beriladi, deyiladi xabarda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek