Farğona, Namangan va Andijonda korrupsiya holatlari aniqlandi
Farğona, Namangan va Andijonda korrupsiya holatlari aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tomonidan ötkazilgan tadbirlarda korrupsiya bilan boğliq holatlar foş etildi.
Farğona: “Farğona suv taʼminoti” AJning Qöqon şahar bölimi inspektorlari 555 ta xonadonga suv hisoblagiç örnatiş evaziga 51 ming AQŞ dollari olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Namangan: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ muhandisi elektr hisoblagiçdan noqonuniy foydalaniş holatini yaşiriş uçun vositaçi orqali 20 ming AQŞ dollari olayotganida uşlandi.
Andijon: Tuman kadastr bölimi boşliği noqonuniy qurilmani rasmiylaştirmaslik va yer uçastkasini turar-joy sifatida qayd qiliş evaziga 6 ming dollar talab qilganida qölga tuşdi.
Uşbu şaxslarga nisbatan tegişli moddalar böyiça jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars

