Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tezkor

DXX Namangan, Toşkent va Qaşqadaryoda pora bilan boğliq bir neçta holatlarni aniqladi

Video29-iyul, 2025, 10:375 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Davlat xavfsizlik xizmati:

➖ Namangan viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi boş mutaxassisi tanişlari orqali 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumning işini sudda qayta körib çiqiş va ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazoni tayinlaş evaziga 30 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Ötkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 10 ming dollarni olgan vaqtida uşlandi.

***

➖ Namangan viloyatida yana bir holatda mol-mulklarni baholaş faoliyati bilan şuğullanuvçi MÇJ rahbari soliq organlaridagi tanişlari orqali tadbirkorga tegişli bölgan MÇJning 783 mln sömlik  soliq qarzdorligini 141 mln sömgaça kamaytirib beriş evaziga 4 ming 400 dollar olgan vaqtida qölga olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, mansabdor tanişi hisoblangan Namangan viloyati soliq boşqarmasi şöba boşliği ham  4 ming 400 dollarni olgan vaqtida uşlandi.

***

➖ Toşkent şahri Mirobod tuman hokimligi Ijtimoiy moslaştiriş markazi rahbari fuqaroligi bölmagan şaxsga fuqarolik pasportini rasmiylaştirib, doimiy röyxatga qöydirib beriş evaziga 1 ming 200 dollar olgan vaqtida uşlandi.

***

➖ MIBning Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahar bölimi davlat ijroçisi öz iş yurituvida bölgan javobgar fuqaroning qariyb 70 mln sömlik qarzdorligini undiriş uçun uning avtotransport vositasiga qöyilgan taqiqni yeçib beriş evaziga 1 ming dollar talab qilgan.

Ötkazilgan tezkor tadbirda u talab qilingan pulni Qarşi tumanidagi fermer xöjaligi rahbari vositaçiligida olgan vaqtida uşlandi.

Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek