Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Tanlov ustuvorligini belgilaş nima degani?

Foto28-iyul, 2025, 20:021 daqiqa0 koʻrish

❓Tanlov ustuvorligini belgilaş nima degani?
#abituriyent

Abituriyentlarga yönaliş tanlaş huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilaşi mumkin.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barça taʼlim yönalişlarida dastlab davlat granti, söngra tölov-kontrakt asosida saralanadi;

🔹 Taʼlim yönalişini tanlasa — avval har bir taʼlim yönalişida davlat granti va tölov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda iştirok etadi.

Masalan, kimdir "menga qaysi beşta yönalişdan biriga kirişimning farqi yöq, asosiysi davlat grantiga kirişim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksinça "men birinçi tanlagan yönalişimga kirişim şart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yönalişga beradi.

Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi körsatilgan.

‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilaşda eʼtiborli bölişlari kerak. Mandat çiqqandan keyin, “voy, men bu yönalişda öqimayman, ikkinçida öqimoqçi edim, beşinçida öqimoqçi edim” degan gaplar befoyda böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek