Xorijiy va nodavlat oliygohlar uçun 1 ming 320 ta davlat granti tanlovi uçun qabul qayta oçildi
❗️Xorijiy va nodavlat oliygohlar uçun 1 ming 320 ta davlat granti tanlovi uçun qabul qayta oçildi
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq tasdiqlangan 2025/2026-öquv yili uçun respublikada faoliyat körsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan 1 320 ta örindan vakant qolgan örinlar uçun qöşimça tanlov ötkazilişi belgilandi.
Bunda:
➖25-noyabrdan 4-dekabrga qadar (şu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlariga tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoşlar Bilim va malakalarni baholaş agentligining my.uzbmb.uz platformasi orqali onlayn röyxatdan ötadilar;
➖röyxatdan ötgan abituriyentlar uçun 11-dekabrga qadar test sinovlari ötkaziladi;
➖test sinovlari ötkaziş sanasi, vaqti va manzili haqidagi maʼlumotlar abituriyent şaxsiy kabineti orqali eʼlon qilinadi.
Talabgorlar imtihonda iştirok etiş uçun ruxsatnomani Bilimni baholaş agentligining my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetidan olişlari mumkin.
Eslatma: Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq röyxatdan ötgan abituriyentlardan belgilangan miqdordagi tölov undiriladi.
Belgilangan miqdordagi tölovlarni öz vaqtida tölamagan abituriyentlar test sinovlariga qöyilmaydi va tanlovda iştirok etmaydi.
Abituriyentlarning ötkazilgan test sinovlari natijasiga köra töplagan ballari ketma-ketlik tartibiga qatʼiy rioya qilgan holda şakllantiriladi hamda belgilangan tartibda rasmiylaştiriş uçun 15-dekabrga qadar tegişli oliy taʼlim taşkilotlariga taqdim etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 5 Telegram Stars


