Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Soliq idoralari mansabdorlariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

Foto25-may, 2025, 14:142 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Soliq idoralari mansabdorlariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

Ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida soliq idoralarining ayrim mansabdorlari moddiy manfaatdorlik evaziga “Barqarorlik reytingi” dasturidagi maʼlumotlarni soxtalaştiriş orqali 18 ta xöjalik yurituvçi subyektga baholarni sunʼiy ravişda qöşiş hamda xavf darajasini olib taşlaşlari oqibatida jami 82 mlrd söm QQSning manfiy summasi byudjetdan noqonuniy qaytarilganligi holati aniqlandi.

Uşbu holat yuzasidan DXX Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi.

Soliq qömitasining maʼlum qilişiça, mazkur huquqbuzarlik holatlari bevosita Soliq qömitasining içki xavfsizlik tuzilmasi tomonidan aniqlangan va tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda foş etilgan.

Jinoyat işi doirasida yoğoç importi bilan şuğullanuvçi MÇJ hisobiga 5,5 mlrd söm QQSning manfiy summasi byudjetdan noqonuniy qaytarilganligi holati yuzasidan Soliq qömitasining 2 nafar xodimi, şuningdek, MÇJ direktori va hisobçisi hamda 2 nafar norasmiy rahbari gumonlanuvçi tariqasida tergovga jalb qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi.

Mazkur şaxslarga tegişli bölgan jami 16 ta obyektda ötkazilgan tintuv-tergov harakatlari davomida 79 ming AQŞ dollari, 161 mln söm, 3 ta LI 9 elektromobili, 2 ta Gentra, 1 ta Nexia 3 avtomaşinasi, 1 ming 268 blokda “TEREA” nomli elektron sigaret tayoqçalari, 27 ta elektron kalit, şuningdek, muhr, kompyuter va telefon apparatlari prosessual tartibda rasmiylaştirib olindi.

Jinoyat işi doirasida qolgan xöjalik yurituvçi subyektlar tomonidan noqonuniy özlaştirilgan byudjet mablağlari böyiça ham tergov harakatlari davom etmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek