Toşkentda 50 sotix yer maydonini 4 mln dollarga sotmoqçi bölgan şaxslar uşlandi
Davlat xavfsizlik xizmati:
Toşkentda quriliş obyektlarini loyihalaş bilan şuğullanuvçi MÇJning ofis menejeri hamda maklerlik faoliyati bilan şuğullanuvçi fuqaro Mirzo Uluğbek tumanidagi özlariga tegişli bölmagan 50 sotix yer maydonini tadbirkorga 4 mln AQŞ dollariga sotişga kelişib, oldindan avans sifatida 100 ming dollar, tanişlari orqali uşbu obyektni noturar toifadan turar toifaga ötkazib beriş hamda u yerda kottej tipidagi uy qurişi uçun ruxsatnoma oliş, arxitektura va loyiha hujjatlarini rasmiylaştiriş evaziga 200 ming dollar söragan.
Ötkazilgan tezkor tadbirda ular 200 ming dollarni olgan vaqtlarida uşlandi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatildi.
- 1 Telegram Stars


