Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tezkor

Yangi öquv yili 1-kurslar uçun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boşlanadi

Matn22-avgust, 2025, 20:401 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Yangi öquv yili 1-kurslar uçun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boşlanadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegişli buyruği bilan oliy taʼlim taşkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-öquv yilini boşlaş sanalari tasdiqlandi.

Unga köra:

🔸akademik litseylarning barça bosqiç öquvçilari va oliy taʼlim taşkilotlarining 1-bosqiç talabalari uçun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan;

🔹oliy taʼlim taşkilotlarining 2- va undan yuqori bosqiç talabalari uçun 8-sentyabrdan boşlanadi.

Oliy taʼlim taşkilotlarida birinçi bosqiçga qabul qilingan talabalar uçun “Kredit taʼlimi tizimiga kiriş” haftaligi hamda “Talabalikka bağişlov” tadbirlari taşkil etiladi.

Haftalik doirasida:

➡️talabalarni oliy taʼlim taşkiloti faoliyati bilan taniştiriş, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tuşuntiriş hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlaş;

➡️talabalarda mustaqil taʼlim könikmalarini şakllantiriş, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda şaxsiy rivojlaniş masalalari yuzasidan tarğibot-taşviqot işlari amalga oşiriladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 18 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek