Vazirlik talabalarning soxta hujjatlar bilan öqişga qabul qilingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXususiy universitetlarga soxta hujjatlar bilan 2-5 kursdan öqişga kiritiş böyiça korrupsion sxemalar foş etildi.Rasmiy bayonot:
Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim talabalarning soxta hujjatlar asosida oliy taʼlim taşkilotlariga qabul qilingani haqidagi xabarlar muhokamalarga sabab böldi.
Taʼkidlaş joizki, HEMIS tizimi orqali har bir talabaning qabul qilinişi, öqiyotgan yönalişi va kursi aniq qayd etiladi. Xorijdan öqişini köçirişda esa faqat rasmiy hujjatlar asosida, öquv rejalari soliştirilib, rektor buyruği bilan qabul amalga oşiriladi. Bu jarayon elektron tizimda töliq va şaffof yuritiladi, asossiz maʼlumotlar kiritilmaydi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur masala yuzasidan tekşiruv olib bormoqda. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, belgilangan tartibda huquqiy baho berilib, jamoatçilikka rasmiy axborot taqdim etiladi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars


