Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Talabalarni odobiga köra 3 guruhga ajratişmoqçi ekan

Albom20-fevral, 2023, 14:302 daqiqa0 koʻrish

Talabalarni odobiga köra 3 guruhga ajratişmoqçi ekan🤦🏻‍♂️

OTM rektorlariga jinoyatçilikka moyil, yot ğoyalar taʼsiriga tuşiş arafasidagi va tartib qoidalarga rioya etmaydigan talabalar röyxatini «şoşilinç» tuziş topşiriği berilgan.

Ajratib olingan talabalarga vazirlik va oliy taʼlim muassasalarining rahbar-xodimlarini biriktiriş, ularning ota-onalari bilan individual suhbatlar taşkil etib boriş topşiriği berilgan.

Şuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining topşiriq xatida OTM xodimlariga ijtimoiy tarmoqlardagi maqola va fikrlarga tizim şaʼnini himoya qiluvçi izohlar yozdiriş haqida ham alohida band bor.

OTMlar topşiriq ijrosini bajarişga allaqaçon kirişib ketgan, joylarda talabalar maxsus anketalar töldirayotgan ekan.

Xudo xohlasa, taʼlimga bunaqa yondaşuv ortidan 100 yillardan keyin sifatli oliy taʼlimga erişsak kerak. Bu ham öta optimistik taxmin. Balki 200 yil ketar, kim bilsin…

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek