DXX: Toşkentda pora olgan kadastr inspektori, Andijonda yer sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi
❗️DXX: Toşkentda pora olgan kadastr boş inspektori, Andijonda yer maydonini noqonuniy sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi
➖ Kadastr agentligining Yaşnobod tumani bölimi boş inspektori noqonuniy örnatilgan yengil konstruksiyali qurilmalarni buzmaslik va jarima qöllamaslik evaziga fuqarodan 2 ming AQŞ dollari talab qilib, uşbu pulni uçinçi şaxs orqali olgan vaqtida uşlandi.
***
➖ Andijon şahrida yaşovçi fuqaro davlat zaxirasidagi 40 sotix yer maydonini auksion orqali qölga kiritganini aytib, uni kadastr tizimidagi tanişlari orqali xaridor nomiga rasmiylaştirib berişni vaʼda qilgan. Buning evaziga u 160 ming dollar talab qilib, oldindan 80 ming dollar olgan vaqtida qölga olindi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



