Namanganda 57 dona iPhone telefonini röyxatdan ötkazib berişni vaʼda qilgan bojxona inspektori uşlandi
Davlat xavfsizlik xizmati:
Namangan viloyati “Uçqörğon” çegara bojxona posti inspektori Davlatobod tumanida yaşovçi şaxsning xorijdan olib kelingan 57 dona iPhone 16 PRO MAX rusumli telefonlarini Toşkent xalqaro aeroportida işlovçi bojxona xodimi orqali IMEI-kodi böyiça röyxatdan ötkazib beriş evaziga har bir telefon uçun 100 AQŞ dollaridan, jami 5 ming 700 dollar talab qilgan.
Şuningdek, bojxona inspektori muqaddam fuqaro tomonidan çet eldan deklaratsiyada körsatilmagan holda kiyim-keçaklar olib kelingani yuzasidan çora körmagani evaziga 400 dollar talab qilgan.
U şu yilning 11 va 14-iyul kunlari söralgan pul mablağidan 900 dollar hisobida 11 mln 317 ming sömni özi va qarindoşiga tegişli bank kartalariga ötkazdirib olgan.
Ammo 16-iyul kuni u yana 1 ming dollar hisobida 12 mln 550 ming sömni qarindoşining kartasiga ötkazdirib olgan vaqtida uşlandi.
Holat yuzasidan bojxona inspektoriga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars

