Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekistonga xorijdan pul ötkazmalari hajmi 27 foizga oşdi

Foto18-iyul, 2025, 12:211 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

💰 Özbekistonga xorijdan pul ötkazmalari hajmi 27 foizga oşdi

Markaziy bank maʼlumotlariga köra, 2025-yil yanvar-iyun oylarida çet eldan Özbekistonga kelib tuşgan pul ötkazmalari 8,2 mlrd dollarni taşkil etgan.

Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 1,8 mlrd dollarga (27 foiz) köp.

Mablağlarning 78 foizi 🇷🇺Rossiyadan (6,4 mlrd dollar) yuborilgan. Qolgan qismi 🇰🇿Qozoğiston, 🇺🇸AQŞ, 🇰🇷Janubiy Koreya, 🇹🇷Turkiya, 🇬🇧Buyuk Britaniya, 🇰🇬Qirğiziston, 🇱🇹Litva va boşqa mamlakatlar hissasiga töğri keladi.

Şuningdek, pul ötkazmalari hajmi 🇬🇧Buyuk Britaniyadan 2 barobar, 🇪🇺Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 41 foizga (🇮🇪Irlandiya 2,8 barobar, Litva 79 foiz, 🇳🇱Niderlandiya 44 foiz, 🇵🇱Polşa 20 foiz), 🇺🇸AQŞdan esa 15 foizga oşgan.

Pul ötkazmalarining ortişiga özbekistonlik migrantlar işlaydigan davlatlarda işçi kuçiga talab köpaygani va iş haqlari yuqori darajada saqlanib qolgani sabab bölgan. Şu bilan birga, milliy valyuta kurslari mustahkamlanişi ham bunga taʼsir qilgan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek