Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

2 kunda 387 nafar abituriyent maksimal 189 ball töpladi

Albom17-iyul, 2025, 19:152 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️2 kunda 387 nafar abituriyent maksimal 189 ball töpladi
#abituriyent

mandat.uzbmb.uz saytining "Kengaytirilgan qidiruv" sahifasida fanlar majmuasi kesimida abituriyentlar töplagan ballar röyxati eʼlon qilinmoqda. Şuningdek, röyxatdagi istalgan abituriyent natijasi ustiga bossangiz, batafsil maʼlumotlarni çiqarib bermoqda. Yaʼni neçta savolga töğri javob bergan, qanday imtiyozlari bölgan va sertifikatlar orqali neça ball töplagani haqida.

Dastlabki ikki kunlik natijalarni tahlil qilar ekanmiz, 387 nafar abituriyent töplaş mumkin bölgan eng maksimal 189 ballni qölga kiritganini körişimiz mumkin.

Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball töplaganlar soni quyidagiça:

🔹 Davlat va huquq asoslari + çet tili fanlari majmuasida

Özbek tili: 21 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar

🔹 Fizika + matematika fanlari majmuasida

Özbek tili: 1 nafar

🔹Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida

Özbek tili: 45 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar

🔹Matematika + çet tili fanlari majmuasida

Özbek tili: 122 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 2 nafar

🔹Matematika + fizika fanlari majmuasida

 Özbek tili: 5 nafar

🔹Tarix + çet tili fanlari majmuasida

Özbek tili: 62 nafar
Rus tili: 1 nafar

🔹Biologiya + kimyo fanlari majmuasida

Özbek tili: 105 nafar
Rus tili: 6 nafar
Qoraqalpoq tili: 9 nafar

Bu hali atigi 2 kunlik natijalar xolos. Test sinovlari töliq yakunlangaç, ularning soni yanada köpayişi, şubhasiz. Joriy yilda rekord qöyiladi.

Xabar tahrirlandi: biologiya + kimyo fanlar majmuasida 105 nafar ekan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 14 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek