41,29 foiz abituriyent 56,7 ball ham töplay olmagan
❗️41,29 foiz abituriyent 56,7 ball ham töplay olmagan. Oxirgi 3 yilda holat 10 foizga yaxşilangan
#abituriyent
2025-yilda 614 ming 768 nafar abituriyent testga kirgan. Bu ötgan yilgiga qaraganda 122 mingga kam.
Testga kirgan abituriyentlarning ⬇️ 253 ming 844 nafari (41,29%) 56,7 balni (maksimal ballning 30%i) ham töplay olmagan.
Ötgan yilgi holat bilan soliştirganda ahvolimiz naq 6 foizga yaxşilanibdi. Umuman olganda yildan yilga yaxşi tomonga özgariş bor, köz tegmasin. Masalan, 2022-yilda 51,2% abituriyent 56,7 balldan kamroq töplagan edi.
2025-yilda eng yomon körsatkiç Andijon viloyatida (47,6%), nisbatan yaxşiroq natija esa doimgidek Buxoro hamda Toşkent şahrida (31,4%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).
2023-yilda 8 ta hududda, 2024-yilda esa 4 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan köproği 56,7 balldan past ball olgan edi. Joriy yilda bironta hududda bunday salbiy körsatkiç qayd etilmagan. Bu alohida eʼtiborga molik raqam.
🟢 Ötgan yilga qaraganda natijasini eng köp yaxşilagan 5 ta hudud:
⬆️ Qoraqalpoğiston Respublikasi — 9%
⬆️ Navoiy — 8,9%
⬆️ Sirdaryo — 8,1%
⬆️ Buxoro — 7,8%
⬆️ Qaşqadaryo — 6%
Ötgan yilgiga qaraganda natijasi yomonlaşgan bironta hudud yöq. Hammada ösiş bor.
***
56,7 ball — bu töplaş mumkin bölgan eng yuqori 189 balning 30 foizi degani. Yaʼni abituriyent heç bölmasa 30% bilimga ega bölsa, uşbu körsatkiçni töplay oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak töğri bölar balki.
👉 @xushnudbek 👈
- 6 Telegram Stars

