Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Öz ehtiyoji uçun maşina olib kirişda muvofiqlikni baholaş jarayonlari soddalaştirildi

Hujjat4-sentabr, 2025, 13:322 daqiqa0 koʻrish

Транспорт_воситаларининг_мувофиқлигини_баҳолаш_жараёнларини_соддалаштириш.pdf

PDF · 649 KB

Yuklab olish

❗️Öz ehtiyoji uçun maşina olib kirişda muvofiqlikni baholaş jarayonlari soddalaştirildi. Rasmiy va norasmiy dilerlardagi narxlar örtasidagi farq örganiladi

Bu haqda Jahon savdo taşkiloti bilan işlaş böyiça idoralararo komissiya bayoni imzolangan.

Bayonda qiziq xulosa qayd etilgan. Piskent avtopoligonida majburiy sinov joriy etilişidan maqsad rasmiy dilerlar orqali transport vositalari savdosini yanada rağbatlantiriş bölgan. Lekin 2024-yil 1-noyabrdan boşlab kuçga kirgan Piskent avtopoligonida 2 ta majburiy körsatkiç böyiça sinovlarni amalga oşiriş amaliyoti orqali rasmiy sotuvlar soni böyiça keskin özgariş bölmagan.
Aksinça, 2024-yilga nisbatan joriy yil birinçi yarim yilligida jismoniy şaxslar tomonidan olib kirilgan yengil avtotransport vositalari soni 2 ming 693 donaga köpaygan.

Buning asosiy sababi muvofiqlikni baholaş tizimida tegişli infratuzilmani yaratiş yetarliça taʼminlanmagan, bugungi holat böyiça Piskent poligonida uzun navbatlar (1 oydan 3 oygaça) hosil bölgan, bu esa aholining eʼtirozlariga sabab bölgan.

Şunga köra, komissiya qaror qilgan:

➖ yuridik şaxslarga muomalaga çiqariş uçun transport vositasi turini maʼqullaş hujjatining amal qiliş muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirildi;

➖ 2025-yil 2-sentyabrdan boşlab Piskent avtopoligonida şaxsiy ehtiyoj uçun import qilinadigan bir dona avtotransport vositasini "elektromagnit moslaşuvçanlik" va "haydovçi hamda yölovçi xonasidagi havoga ajraladigan zaharli moddalar" körsatkiçlari böyiça sinovlarni ötkaziş talabi bekor qilindi;

➖ Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya
qiliş qömitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy işlab çiqaruvçilar, rasmiy va norasmiy dilerlar örtasida avtotransport
vositalarining narxlaridagi tafovutlarni tahlildan ötkazadi,
narxlarni maqbullaştiriş va tartibga soliş böyiça çoralar böyiça Prezident Administratsiyasiga aniq takliflar kiritadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek