Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Diplomatiya

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Rossiyaga nota yubordi

Video3-sentabr, 2025, 18:292 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Rossiyaga nota yubordi

Avgust oyida Moskva yaqinida joylaşgan Ximki şahrida örta yoşli erkak özbekistonlik ekani aytilgan taksi haydovçisi bilan janjallaşib, uni haqorat qilayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Mahalliy fuqaro haydovçiga: “Sen qulsan, ruslarning qulisan! Oğzingni oçma”, deya xitob qilgan. Video davomida u bir neça marta sökingan.

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi uşbu holat yuzasidan Rossiya TIVga nota yuborganini maʼlum qildi. Notada videodagi şaxsni aniqlaş va unga nisbatan qonuniy çoralar köriş söralgan.

“Hurmatli vatandoşlar, sizlarga yana bir bor eslatib ötamiz. Özbekiston fuqarolari dunyoning qaysi nuqtasida bölişidan qatʼiy nazar, davlatimiz himoyasida hisoblanadi”, — dedi TIV matbuot kotibi Ahror Burxonov.

👉 @xushnudbek 👈

  • 7 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek