Magistraturada qöşimça qabulga kirganlar grant taqsimotida iştirok eta olmaydimi?
❓Magistraturada qöşimça qabulga kirganlar grant taqsimotida iştirok eta olmaydimi?
✅ JAVOB: iştirok eta oladi.
Joriy yilda ilk marta grantlar taqsimoti tizimi boşlangani sababli, amaliyotda ayrim tuşunmovçiliklar va ikkilanişlar bölişi tabiiy. Sekin-astalik bilan barça masalalarga yeçim topilib ketaveradi.
Şunday ikkilanişlardan biri — magistraturada qöşimça qabul (kvota)ga kirgan hamda real xarajatni tölayotgan talabalar grant taqsimotida iştirok eta oladimi yoki yöqmi?
Ayrim oliygohlar maʼmuriyati uşbu toifadagi talabalar uçun grant taqsimotida qatnaşişga ruxsat bermagan va ularning arizasini körmasdan qoldirişmoqda. Ammo bu notöğri.
Uşbu masalani vazirlik masʼullari bilan boğlanib, yana bir bor oydinlik kiritib oldim. Vazirning ham, vazir örinbosarlarining ham, va umuman şu masalaga aloqador barça masʼullarning pozitsiyasi bir xil — qöşimça qabulga kirgan magistrlar grant taqsimotida iştirok etadi!
Çunki bironta normativ-huquqiy hujjatda buni taqiqlovçi qoida mavjud emas. Jumladan, grant taqsimoti tizimini tartibga soluvçi asosiy hujjat — Vazirlar Mahkamasining 10.03.2025-yildagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda ham qöşimça qabulga kirgan magistrlar huquqini çeklovçi qoida belgilanmagan.
Ayrimlar “Biz moliyaviy mustaqil oliygohmiz", qarorni özimiz qabul qilamiz” degan gaplarni ham aytişayotgan emiş. Bekorlarni aytibsiz. Grant taqsimoti Prezident hamda Hukumat qarorlari bilan joriy etilgan tizim va u barça davlat oliygohlariga birdek amal qiladi.
Şu sababli, oliygohlar maʼmuriyatidan iltimos: qonunçilikda belgilanmagan çeklovlarni joriy qilib, talabalarning huquqlarini poymol qilmang.
Agar taqsimot qarorini çiqarişda qöşimça qabulga kirganlarni hisobga olmagan bölsangiz, unda qaytadan hisoblaşingizga töğri keladi. Adolatni taʼminlaş uçun qarorni özgartirsa arziydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars



