Magistraturaga qöşimça qabul kvotasiga öqişga kirganlar haqida ayrim savollarga javoblar
❗️Magistraturaga qöşimça qabul kvotasiga öqişga kirganlar haqida ayrim savollarga javoblar
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qaroriga asosan davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qöşimça qabul parametrlari asosida öqişga qabul qilingan abituriyentlarning tölov-kontrakt summasi bir talabaga töğri keladigan real xarajatlardan kelib çiqib, oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilangan miqdorlarda amalga oşirişadi. Yaʼni bazaviy kontraktdan qimmatroq tölanadi.
Uşbu toifadagi magistrlardan köplab savollar kelib tuşgani uçun, Oliy taʼlim vazirligi bilan boğlandim va masʼullardan javob oldim.
***
❓1-savol: qöşimça kvotaga kirganlar 2-kursda bazaviy (arzonroq) tölaydimi?
✅ JAVOB: yöq, ular 2-kursda ham real xarajatlarni (qimmatroq) tölaşi kerak böladi. Boşqaça aytganda 2-kursda kontrakti arzonlaşmaydi.
***
❓2-savol: qöşimça kvotaga kirganlar grant taqsimotida qatnaşa oladimi?
✅ JAVOB: ha, qatnaşa oladi. Grantga ötsa, öz-özidan tölovdan ozod etiladi. Grantga öta olmasa real xarajatlardan kelib çiqib kontrakt tölaydi.
***
❓ 3-savol: qöşimça kvotaga kirgan xotin-qizlarga 2-kursda davlat byudjetidan kontraktlari tölab beriladimi?
✅ JAVOB: yöq, tölab berilmaydi. Ular 2-kursda ham oliygoh tomonidan belgilangan kontraktni tölaşi lozim böladi.
👉 @xushnudbek 👈


