Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Grantlarni qayta taqsimlaş tartibi haqida ayrim tuşuntirişlar

Matn16-mart, 2025, 19:322 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Grantlarni qayta taqsimlaş tartibi haqida ayrim tuşuntirişlar

Mazkur tartib böyiça köplab savollar yuzaga kelayotgani sababli, Oliy taʼlim vazirligining masʼullari bilan boğlanib, ayrim masalalarga aniqlik kiritişga harakat qildim.

❓Neçançi kurslarga taalluqli?

✅ JAVOB: uşbu tartibni qöllaş 2024/2025-öquv yilida talaba bölganlardan boşlanadi. Boşqaça aytganda, hozirgi 1-kurslarga taalluqli. Yaʼni hozirgi 1-kurslar uçun yoz oyida grant örinlari qayta taqsimlanadi.

Hozirda ikkinçi va undan yuqori kursda öqiyotgan talabalarda heç narsa özgarmaydi. Yaʼni hozir 2-kursda grantda öqiyotgan talaba toki tugatgungaça grantda qoladi, özlaştiriş körsatkiçidan qatʼi nazar.

❓Magistrlarga taalluqlimi?

✅ JAVOB: ha, uşbu tartib magistrlarga ham taalluqli. Yaʼni 1-kursda öqiyotgan magistrlarning grantlari yozda qayta taqsimlanadi.

Bunda, quyidagilarni inobatga oliş zarur:

1) özlaştiriş körsatkiçidan qatʼi nazar, magistraturada tahsil olayotgan qizlar uçun davlat byudjetidan kontraktlarini tölab beriş davom etadi;

2) töliq davlat grantidan iborat mutaxassisliklar uçun uşbu tartib qöllanmaydi, çunki bundan maʼno yöq, lekin ular GPA 3.5 dan oşirib, ariza berib qöyişi kerak;

3) öqiş muddati 1 yilni taşkil qiluvçi mutaxassisliklarda ham uşbu tartib qöllanmaydi, bu ham mantiqan tuşunarli.

❓Imtiyoz bilan grantga kirganlarga ham amal qiladimi?

✅ JAVOB: imtiyoz asosida davlat grantiga kirgan talabalarga uşbu tartib qöllanmaydi, yaʼni ularga grant 4 yil muddatga beriladi. Bunda özlaştiriş körsatkiçi ahamiyatga ega emas. Imtiyoz deganda, masalan, xalqaro olimpiada ğoliblari, turli davlat mukofoti sohiblari, organ xodimlarining farzandlari, nogironligi bor abituriyentlar, tavsiyanoma olgan xotin-qizlar va boşqalar nazarda tutilmoqda.

❓Maqsadli qabul bilan kirganlarga-çi?

✅ JAVOB: maqsadli qabulga kirganlar uçun ham, özlaştiriş körsatkiçidan qatʼi nazar, davlat granti 4 yilga beriladi. Yangi tartib ularga qöllanmaydi.

❓Bir marta davlat grantidan mahrum bölgan talaba keyingi öquv yilida yana grantga talabgor böla oladimi?

✅ JAVOB: Ha, talabgor böla oladi. Grant örinlari uçun tanlov har yili iyul-avgust oylarida yangidan ötkaziladi. Bunda ötgan yilgi tanlov natijalari hisobga olinmaydi. Barçasi yangidan boşlanadi. Joriy öquv yili davomida GPA körsatkiçi 3,5 dan baland bölgan barça talabalar grantga daʼvo qila oladi.

Boşqaça aytganda, bir marta grantdan mahrum bölgan talaba kelasi yili yaxşi öqisa, yana grant olişi mumkin.

Yangi tartib böyiça yana qanday savollaringiz tuğilmoqda?

👉 @xushnudbek 👈

  • 8 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek