Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Ötgan yili magistraturaga qöşimça öringa kirganlar bu yil qança miqdorda kontrakt tölaydi?

Matn26-sentabr, 2022, 17:461 daqiqa0 koʻrish

❓Ötgan yili magistraturaga qöşimça öringa kirganlar bu yil qança miqdorda kontrakt tölaydi?

✅ JAVOB: 1-kursda qanaqa summa tölagan bölsa, 2-kursda ham şunça tölaydi.

Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining xabar berişiça, 2021-yil 22-iyundagi PQ–5157 va 2022-yil 15-iyundagi PQ–279 qarorlarida davlat OTMlari magistraturasiga qöşimça qabul parametrlari asosida öqişga qabul qilinganlarning tölov-kontrakt summasi bir talabaga töğri keladigan real xarajatlardan kelib çiqib, oliy taʼlim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanişi körsatilgan.

Ularga köra, magistratura (klinik ordinatura)ga ötgan öquv yilida qöşimça qabul qilingan talabalar belgilangan tölov-kontrakt summasini şartnomaga muvofiq 2022/2023-öquv yilida ham şu miqdorda tölaşlari lozim.

Ammo ijtimoiy tarmoqlarda mazkur tartibdagi tölov miqdori notöğri, yaʼni oşirilgan yoki tabaqalaştirilgan (super) kontrakt sifatida undirilayotgani talqin qilinmoqda.

“Eslatib ötamiz, bu tölov miqdori oşirilgan yoki super kontrakt hisoblanmaydi”, - deyiladi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi xabarida.

Maʼlumot uçun: ötgan yili qöşimça örinlarga magistraturaga kirgan qizlarning tölov-kontrakti miqdori töliqligiça davlat byudjeti tomonidan qoplab beriladi. Batafsil: https://t.me/xushnudbek/15915

Yigitlar esa özi tölaşi kerak. Taʼlim krediti oliş mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek