Dinni xunuk körsatib qöymang, azizim!
«Dinni xunuk körsatib qöymang, azizim!»
Muftiy Nuriddin domla hazratlari Özbekistondagi ahli ilmlarga murojaat yölladi. 47 daqiqalik murojaatda ahli ilmlarga köp nasihatlar va tavsiyalar bildirilgan.
Asosiy urğu bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda din tortişuv, bahs, haqorat, bir-birini kamsitişga aylanib qolayotganiga qaratilgan. Ahli ilmlarga nasihatni yumşoqlik va muloyimlik bilan olib boriş tavsiya etilgan.
Sözlarining sönggida qaysidir ahli ilmlar, domlalar kimlarningdir könglini ranjitib qöygan bölsa, ularning nomidan Muftiy sifatida uzr sörabdilar.
«Xodimlarimizning bilmasdan qilgan kamçiliklarini dinning xatosi deb qabul qilmang. Bu şaxslar xatosi. Şaxslar xatosi esa uzr ila yuviladi. Uzrimizni qabul qilgaysiz. Alloh hammamizni hidoyatda qilsin», — dedi muftiy hazratlari.
Yuqorida uşbu murojaatdan qisqa lavha keltirilgan. Töliq versiyasini mana bu yerdan eşitişingiz mumkin:
📲 https://youtu.be/Dq4r2jfx0L4
Albatta eşiting, tavsiya qilaman.
👉 @xushnudbek 👈



