Rasman

Özlaştirişi yuqori bölgan ijtimoiy toifadagi talabalarga qöşimça grant ajratiladi

Hujjat15-mart, 2025, 15:311 daqiqa0 koʻrish

Talabalarga_grantlarni_taqdim_etish_va_qayta_taqsimlash_nizomi.pdf

PDF · 761 KB

Yuklab olish

Özlaştirişi yuqori bölgan ijtimoiy toifadagi talabalarga qöşimça grant ajratiladi

Hukumat qaroriga (№149, 10.03.2025) köra, davlat oliy taʼlim taşkilotlarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga öqişga kirib, muayyan öquv yili böyiça GPA körsatkiçi 4 va undan yuqori bölgan, ijtimoiy toifadagi talabalarga navbatdagi öquv yili uçun qöşimça davlat granti taqdim etiladi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Bunda talabgorlar öz arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy taʼlim taşkilotining rasmiy veb-sayti orqali röyxatdan ötadi.

Röyxatdan ötgan talabgorlarning arizalari har yili 25-iyulga qadar:

— Akademik özlaştiriş körsatkiçini aniqlaş böyiça komissiya tomonidan GPA körsatkiçi 4 va undan yuqori ekanligi;

— Ijtimoiy faollikni aniqlaş böyiça komissiya tomonidan haqiqatda talabgorning belgilangan toifadagi talaba ekanligi körib çiqilib, baholanadi.

Qöşimça davlat granti taqdim etilgan talabalar har yili 5-sentyabrga qadar oliy taʼlim taşkiloti tomonidan xabardor qilinadi.

Bunday qöşimça davlat granti beriladigan toifalar röyxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek