Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Özlaştiriş körsatkiçiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlaş tartibi tasdiqlandi

Albom14-mart, 2025, 17:332 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Özlaştiriş körsatkiçiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlaş tartibi tasdiqlandi

Hukumatning tegişli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy taʼlim taşkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etiş va qayta taqsimlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Nizomga köra, taʼlim grantiga talabgorlardan joriy öquv yilida özlaştiriş körsatkiçi böyiça GPA körsatkiçi 3,5 va undan yuqori bölişi talab etiladi. Özlaştirişi uşbu körsatkiçdan past bölgan talabalarning taʼlim grantini tabaqalaştirilgan tarzda qayta taqsimlaşda iştirok etişiga ruxsat etilmaydi va taʼlim granti örni vakant qoladi.

Taʼlim grantiga talabgorlar uçun oliy taʼlim taşkilotining rasmiy veb-saytida onlayn röyxatdan ötiş va erişgan yutuqlarini asoslovçi hujjatlarni yuklaş imkoniyati yaratiladi.

Taʼlim grantiga talabgorlarning özlaştiriş körsatkiçlari mutanosib tarzda 80 ballik mezonda baholanadi, bunda GPA körsatkiçini “16” soniga köpaytiriş orqali aniqlanadi.

Taʼlim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik körsatkiçi 20 ballik mezonda baholanadi, bunda baholaş mezoniga asosan hisoblangan natijani “5” soniga böliş orqali aniqlanadi.

Belgilangan taʼlim granti örinlari doirasida tanlov çegarasida bir xil natija körsatgan talabgorlarning akademik özlaştiriş körsatkiçiga ustuvorlik beriladi. Agar özlaştiriş körsatkiçida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uçun özlaştirilgan semestrlarda ötilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari ötkaziladi.

Oliy taʼlim taşkiloti kengaşining qaroriga asosan taʼlim grantini oluvçi talabalar röyxati har yili 25-avgustga qadar oliy taʼlim taşkilotining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek