Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Angren şahar IIB katta tergovçisi 5 ming dollar pora olayotganda uşlandi

Video4-sentabr, 2025, 10:422 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Davlat xavfsizlik xizmati:

Toşkent viloyati Angren şahar Içki işlar boşqarmasi huzuridagi Tergov bölimi katta tergovçisi öz iş yurituvida bölgan tergovga qadar tekşiruv işi doirasida fuqaroga nisbatan jinoyat işi qözğatmaslik va tegişli tartibda çora körmaslik evaziga 10 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda Içki işlar vazirligining Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda, u söralgan pul mablağidan 5 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Holat yuzasidan tergovçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek