Endi yöl harakatiga oid ayrim huquqbuzarliklar uçun dastlab jarima emas, maʼmuriy ogohlantiriş beriladi
❗Endi yöl harakatiga oid ayrim huquqbuzarliklar uçun dastlab jarima emas, maʼmuriy ogohlantiriş beriladi
Bu böyiça Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Unga köra, maʼmuriy ogohlantiriş yöl harakati xavfsizligi bilan boğliq kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uçun yozma (elektron) ravişda qöllaniladi. Bularga quyidagi huquqbuzarliklar kiradi:
➖ 125-moddaning 1-qismi (xavfsizlik kamari taqmaslik yoki motoşlem kiymaganlik);
➖ 125-moddaning 2-qismi (bolğaça, öt öçirgiç, tibbiyot qutiçasi, avariya holatida töxtaganligini bildiruvçi belgi va nur qaytargiçli kamzul yöqligi, ifloslantiruvçi moddalarning miqdori hamda şovqin darajasi normalardan ortiq bölsa);
➖ 128 (prim 1)-moddasi (rulda telefondan foydalaniş);
➖ 128 (prim 2)-moddasi (rulda monitor (displey)dan tele-, videodasturlarni tomoşa qiliş);
➖ 128 (prim 6)-moddasi (töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buziş);
➖ 135 (prim 1)-moddasi (majburiy suğurta qiliş talablarini buziş);
➖ 138-moddasi (piyodalar va yöl harakati boşqa iştirokçilarining yöl harakati qoidalarini buzişi) 1 va 2-qismlari.
✅ Bunda şaxs öz qilmişidan çin köngildan puşaymon bölganda, şuningdek kodeksda nazarda tutilgan boşqa huquqbuzarliklar alomatlari bölmaganda, maʼmuriy jazo çorasini qöllaşga vakolatli organ tomonidan qöllaniladi.
⛔ Maʼmuriy ogohlantiriş ayni bir şaxsga nisbatan 1 yil davomida 1 martadan ortiq qöllanilişi mumkin emas.
Ayrim savollarga javoblar:
1. Ogohlantiriş şunçaki oğzaki bölmaydi, yozma (elektron) böladi. Yaʼni bazaga kiritiladi. Keyingi safar Yöl patrul inspektoriga “aka, birinçi marta edi” deb alday olmaysiz, planşetidan tekşirib, köra oladi;
2. Bir yilda bir marta ogohlantiriş deganda hamma 8 ta qoidabuzarlik uçun ham bitta nazarda tutilgan. Masalan, telefonda gaplaşganlik uçun bir marta ogohlantiriş olgan haydovçi 1 oydan keyin xavfsizlik kamari taqmagani uçun uşlansa, unda jarima qöllanadi, maʼmuriy ogohlantiriş berilmaydi. 8 ta qoidabuzarlikning har biri uçun alohida bittadan buziş mumkin, degan qoida yöq.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars


