Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Bugungi xabar böyiça tuşuntiriş berildi

Video23-aprel, 2024, 20:112 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzDeputatlar YHQ buzilişi haqidagi maʼlumotlar 48 soat içida vakolatli organga yuborilmagan taqdirda işni tugatiş töğrisidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Bugungi xabar böyiça tuşuntiriş berildi

Içki işlar vaziri örinbosari Bekmurod Abdullayevning maʼlum qilişiça, 48 soat haqidagi talab foto yoki videokameralar örnatgan subyektlarga taalluqli. Yaʼni kameralar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar 48 soat içida jarima haqida qaror çiqaradigan vakolatli organga, yaʼni YPX markaziga yuborilişi kerak. Agar tasvirlar YPXga 48 soatdan keçikib kelsa, öşa holat böyiça iş oçilmaydi.

❓Xöş, unda haydovçiga qançada yetib kelişi kerak?

YPX markazi maʼlumot kelib tuşgandan keyin 15 kundan keçiktirmay jarima soliş haqida qaror çiqarişi kerak. Undan keçiksa, öşa qaror qonuniy hisoblanmaydi.

Xulosa:

2 kun (48 soat) — foto yoki videokameralardan YPX markaziga kelib tuşiş muddati;

15 kun — vakolatli organning qaror qabul qiliş muddati.

Jami 17 kun.

✅ Demak, maʼmuriy javobgarlikka tortiş haqidagi qaror qoidabuzarlik sodir etilgandan söng 17 kundan keçikib çiqarilsa, haydovçilarga jarima solinmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek