Soatiga 20 kilometrgaça tezlikni oşirganlik uçun jarima oşgani yöq
❗️Soatiga 20 kilometrgaça tezlikni oşirganlik uçun jarima oşgani yöq
Ijtimoiy tarmoqlarda YPX inspektorining videosi tarqalmoqda. Unda aytilişiça, 60 km/soat tezlik belgilangan joyda siz 66 tezlikda kelsangiz, avvalgidek 1 baravar (375 ming söm) jarima emas, balki endi 5 baravar jarima tölaşingiz aytilgan.
❌Uşbu maʼlumot notöğri.
Yangi qonun bilan tezlik uçun jarima miqdorlari oşirilgani yöq. Belgilangan tezlikdan 20 gaça oşirilsa — 1 baravar, 40 gaça oşirilsa — 5 baravar, 40 dan oşirilsa — 9 baravar miqdorida jarima tölanadi. Avval ham şunaqa edi, hozir ham şunaqa.
Faqat bitta özgariş kirdi. Yaʼni endi belgilangan tezlikdan soatiga 60 kilometr oşirib yuborilsa, 15 baravar (5 mln 625 ming söm) jarima belgilanadi. Yaʼni 60 tezlik belgilangan joyda 125 dan tezroq yurganlarga (5 zaxirasi bilan) 15 baravar jarima qöllanadi. Ilgari 40 dan oşirilganda har doim jarima bir xil edi.
Şuningdek, tezlik bilan boğliq holatlarda bir yil içida takroran sodir etilsa, balandroq jarima tölaş ham bekor qilindi.
Tezlik bilan boğliq jarimalar miqdorida boşqa heç qanday özgariş yöq.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars



