Nogironligi bo'lgan yoshlar uchun IT grantlari e'lon qilindi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0Manba:Najot Ta'lim
Yoshlar ishlari agentligi va Najot Ta'lim markazi hamkorlikda nogironligi bo'lgan yoshlar uchun grant e'lon qiladi
Yoshlar ishlari agentligi nogironligi bo'lgan yoshlarni qo'llab quvvatlash, ularni zamonaviy kasblar egallashiga ko'maklashish maqsadida Najot Ta'lim markazi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida 100 nafar o'quvchi uchun grant e'lon qiladi.
• IT sohasiga qiziqasizmi?
• Zamonaviy kasblarni egallash orqali daromad olishni istaysizmi?
• Frilanserlik xizmatlarini ko‘rsatishning sir-asrorlaridan xabardor bo‘lishni-chi?
Endi qayg'urishga hojat yo'q!
Yoshlar ishlari agentligi hamda Najot ta’lim markazi nogironligi bo'lgan yoshlar uchun quyidagi:
• Social media marketing yo‘nalishlaridan ta’lim olish uchun “Imkon" nomli grant loyihasini e’lon qiladi.
Loyihada IT sohasiga qiziqqan 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo'lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Dastlabki bosqichda umumiy 100 nafar, ya'ni har bir yo'nalishdan 20 nafardan o'quvchi qabul qilinib, sohaga oid kerakli ko'nikmalar o'rgatiladi. Darslar Najot Ta'lim jamoasi mutaxassislari tomonidan olib boriladi.
Loyihada ishtirok etish uchun murojaatlar 30-sentabrga qadar onlayn qabul qilinadi. Nomzodlar Yoshlar ishlari agentligi va Najot Ta'lim markazi xodimlari tomonidan suhbat asosida saralab olinadi.
Eslatib o'tamiz, Imkon loyihasi bo'yicha onlayn darslar avvaldan boshlangan bo'lib, ushbu grant Toshkent shahridagi nogironligi bo'lgan yoshlar uchun oflayn rejimda chuqurlashtirilgan holatda olib boriladi. Loyiha natijasiga ko'ra, keyingi bosqichlarda boshqa hududlarga ham tatbiq etilishi mumkin.
Loyiha to‘g‘risidagi tashkiliy jarayonlarni Yoshlar ishlar agentligi va Najot Ta'lim rasmiy sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Loyiha haqida: 🔎 Batafsil
📌 Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi havolaga kiring: https://bit.ly/2FgvTCV
👩🏻💻 Administratorga bog'lanish
📞 Telefon raqam: +998712001123





