Prezident stipendiyasi natijalari bo‘yicha talabalar fikri
3️⃣ Assalomu aleykum, Xushnudbek!
Prezident stipendiyasi haqida kanalingizda yozilgan xabarlarni o'qib, men ham o'z fikrimni yozishga qaror qildim. Men XXXXXXX yo'nalishi bo'yicha magistratura talabalari orasidan bu yil prezident stipendiyasi sohibasiga aylandim. Ochig'i bu oson bo'lmadi. Yozda va ayniqsa sentabr oyida tunlari uxlamay O'zbekiston tarixi kitoblarini o'qib, mavzulashtirilgan testlarni ishlab, yodlab chiqdim. Ba'zan menga kerakmi shu uyqusizlik, shuncha azob deb yuborgan paytlarim ham bo'ldi. Ammo menga stipendiya kerak edi. Oilamga moddiy yordam ko'rsatish uchun ham kerak edi. Shuning uchun barcha qiyinchiliklarga ko'nikdim. Testlar haqiqatan adolatli o'tdi. Suhbatdan keyin to javob chiqquncha mening ham hayolimga "agar adolatli bo'lmasachi? Agar testimga qaramay, suhbat yoki papkamda raqiblarimdan biror kamchiligim bo'lsachi" degan fikrlar o'tdi. Chunki bir raqibim Zulfiya mukofoti sohibasi bo'lgan ekan. Ammo so'nggi natijalar e'lon qilinganida, g'olib ekanimni eshitib, ko'zlarimga yosh keldi. Haqiqatga ishonchim ortdi. Meni yaxshi bilmaydigan odamlar "qancha pul berdingiz? Tanka surdizmi?" degan gaplarni aytishdi ham. Odamlar!!! Agar pulim va tankam bo'lganida shuncha qiynalib, hamma narsadan kechib imtihonga tayyorlanishni menga nima keragi bor edi?! dedim ba'zilariga.
So'nggi so'z o'rnida, boshqa yo'nalishlarni bilmadim, ammo bizni yo'nalishda haqiqat qaror topdi. Testdan eng yuqori ballni men olgan edim, suhbatga tanlangan nomzodlarning ro'yhatida ham men birinchi edim. G'alaba ham menga nasib qildi. Prezident stipendiyasining testi va suhbati to'la haqqoniy va adolatli bo'ldi. Ilovada sizga DTM natijalarini yuboraman.
Davlatimizga rahmat, shunday oliy stipendiyani rostan ham mehnat qilgan, testdan eng yuqori ball olgan va suhbattan yaxshi o'tgan talabalarga berishdi.
4️⃣ Bugun Prezident stipendiyasi imtihoni bo’ldi. XXXXXXX viloyatilik talabaga berishdi. Lekin nohaqlik qilishdi. Agar xo’p desangiz, hammasini yozaman, fakt va isboti bilan.
1-dan natijalarimni kamaytirib yozib kiritishgan ovoz berishga: ya’ni 2 ta oltin medalim va 1 ta bronza medalim hamda “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishonimni yozishmagan. Diplom va sertifikatlarimni ham kamaytirib yozishgan. Shu holida ham ulardan natijalarim zo’r ekan ko’rishingiz mumkin (rasmga qarang).
Undan tashqari 1-bosqichida test bo’ldi, testda ham eng ko’p ball bilan 1-o’rinda edim. Lekin yashirin ovoz berishdan keyin boshqaga berib yuborishdi.
Norozilik tomonim, 1-dan yutuqlarimni kamaytirib yozib, ovoz berishga kiritishgani, 2-dan shu turishda ham yutuqlarim, testdagi ballarim ularnikidan ko’p bo’lishiga qaramay yashirin ovoz berishda negadir kam ovoz berishgani. Huquqiy tomondan nima qilishimga maslahat bera olasiz? Iltimos maslahatingizni ayamang.
Каналга уланиш: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 5
