Ramazon

20-fevral, juma (2-kun): Saharlik va iftorlik vaqtlari hamda kalom odobi

Matn20-fevral, 2026, 05:042 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

20-fevral, juma (2-kun)
Saharlik vaqti: 05:53
Iftorlik vaqti: 18:07 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

KALOM ODOBI

Alloh taolo Özi yaratgan insonga nutqni – gapirişni örgatdi. Nutq, sözlaşiş va bayon qiliş qobiliyati Alloh taoloning insonga bergan ulkan neʼmatlaridan biridir. Aynan uşbu neʼmat bilan inson özga jonzotlardan ajralib turadi, ularning ustidan öz hukmini ötkazadi.

Islomda har qanday sözning öz örni, ahamiyati, salmoği bor. Inson bir söz bilan mömin bölib, bir söz bilan iymondan çiqadi. Nikoh aqdi paytida kelin-kuyov bir oğiz söz bilan er-xotinga aylanişadi. Ular iyjob va qabulda aytiladigan «roziman» va «qabul qildim» sözlari bilan bir-birlariga halol bölişadi. Şuningdek, birgina «taloq» sözi bilan neça yil birga yaşagan er-xotin ajraşib, butunlay begonalaşib ketişi ham mumkin.

Demak, sözga eʼtiborli böliş, uning qimmatini töğri anglaş, oğzidan çiqayotgan har bir sözga jiddiy munosabatda böliş har bir musulmonning burçidir.

Kalomning (sözning) yomoni keltiradigan turli zararlarni ulamolar «til ofatlari» deb nomlaşgan. Til ofatlari köp: bemaʼni, befoyda sözlarni gapiriş, botil, gunoh işlarni sözlaş, sergaplik va odamlarga yoqiş uçun sözamollik qiliş, fahş, sökiş, odobsiz, axloqsiz va şunga öxşaş sözlarni aytiş, özgalarni mazaxlaş va ustidan kuliş, sirni oşkor qiliş, yolğon sözlaş, ğiybat va boşqalar til ofatlaridir. Bularning hammasi qoralangan va insonlar ulardan qaytarilgan. Çunki bu sözlarning manbai yomonlik va malomatdir.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 9 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek