Ramazon

19-fevral, payşanba (1-kun): Odobning taʼrifi va ahamiyati

Matn19-fevral, 2026, 17:292 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

19-fevral, payşanba (1-kun)
Iftorlik vaqti: 18:05 (Toşkent vaqti).

#ramazon #mutolaa

ODOBNING TAʼRIFI

Tilimizda «odob» tarzida talaffuz qilinişga odatlanib qolingan arabça «adab» sözi aslida yaxşilikka çaqirişni anglatadi, u «maʼdaba» özagidan olingan. Maʼdaba esa odamlarni yaxşilikka, maʼnaviy ziyofatga çaqirişni anglatadi. Odob ham odamlar doimo daʼvat qilinadigan maʼnaviy «maʼdaba», yaʼni ziyofat bölgani uçun şu nomni olgan. Demak, odob yaxşilik demakdir.

«Falon kişi odobli ekan» deyilgani öşa odamning yaxşiligi köp ekan, deganidir. «Kiyiniş odobi» deganda yaxşilab kiyiniş tuşuniladi. «Suhbat odobi» deganda suhbatni eng yaxşi saviyada olib boriş közda tutiladi. «Ijtimoiy odoblar» ijtimoiy muomalalarni eng yaxşi tarzda olib boriş deganidir.

Muhammad Zehniy aytadi: «Fazilat naslu nasab bilan emas, balki odob bilan topiladi».

«Har bir kişi kasb-korni mukammal bilmoği, yaxşi tarbiya olmoği va yaxşi xulq-odob, fazilatlarga ega bölmoği kerak», deydi Abu Nasr Forobiy.

ODOBNING AHAMIYATI

Odob masalasi Islomda öta muhim örin tutadi. Çunki Alloh taologa qurbat hosil qilişda odobning örni juda muhim. Beodoblik barça narsani, jumladan, amalni ham, qalbni ham, tilni ham, boşqa barça urinişlarni ham buzadi. Odobsiz kişi hatto boşqalar bilan aloqasi, munosabatlarini ham yaxşilay olmaydi.

Yaxşi odob aslida nafsning kamolotga yetgani, uning intizomliligi, jilovlangani va yaxşilikda ekanining alomatidir. Aksinça, beodoblik nafsning hali poklanmagani, jilovlanmagani va intizomda emasligi alomatidir.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek