YTH yöl nosozligi sabab bölsa zarar tölab beriladi
YTH yöl nosozligi sabab sodir bölsa körilgan zarar tölab beriladi
Agar yöl transport hodisasi yölning nosozligi sababli sodir bölsa haydovçi (!) bu haqda murojaat qilişga haqli. Bunday hollarda murojaat Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllarini nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan örganiladi va xulosa beriladi. Agar YTHga yöl nosozligi sabab bölganligi töğrisida xulosa qilinsa körilgan zarar sud tomonidan hodisa yuz bergan yölni balansda saqlovçi taşkilot tomonidan qoplab beriladi, deb maʼlumot bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
Şu fursatdan foydalanib, kanalimiz aʼzolariga uşbu masalaning huquqiy asosi borligini eslatib ötmoqçimiz.
“Avtomobil yöllari töğrisida”gi qonunning 17-moddasiga köra avtomobil yöllaridan foydalanuvçilar avtomobil yölidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirib oliş huquqiga ega.
Yana bir muhum maʼlumot: avtomobil yöllaridan foydalanuvçilar deganda nafaqat haydovçi, balki yöl harakati iştirokçilari yoki ajratilgan mintaqa hamda yöl böyi mintaqasi doiralarida belgilangan tartibda ruxsat etilgan faoliyatni amalga oşiruvçi yuridik va jismoniy şaxslar tuşuniladi.
👉 @xushnudbek 👈
