Fuqarolarning reproduktiv salomatligi töğrisidagi qonun

Matn11-mart, 2019, 17:391 daqiqa0 koʻrish

Yangi qonun qabul qilindi

Şavkat Mirziyoyev «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlaş töğrisida»gi Qonunni imzoladi.

Qonunga binoan, fuqarolarning reproduktiv salomatligi insonning jismoniy, aqliy va ijtimoiy jihatdan soğlomligi holati bölib, bu holat uning bola tuğilişiga qodirligini belgilaydigan reproduktiv tizimi, uşbu tizimning funksiyalari, hayotiy jarayonlari bilan boğliq böladi.

Şuningdek, qonunda soha böyiça davlat siyosatining asosiy yönalişlari, davlat kafolatlari, tegişli organlar vakolatlari, fuqarolarning reproduktiv huquqlari belgilangan.

Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:

👉 xavfsiz va samarali reproduktiv texnologiyalardan foydalangan holda öz farzandlarining tuğilişi xususida mustaqil ravişda qarorlar qabul qiliş;

👉 özining reproduktiv salomatligi töğrisida işonçli va töliq axborot oliş;

👉 tuğilişni tartibga solişning xavfsiz usullaridan va kontratsepsiyadan foydalaniş;

👉 tibbiy-profilaktika xizmatlaridan foydalaniş va soğliqqa xavf soluvçi vositalardan, şu jumladan ilmiy tajribalar qöllanilişidan himoyalaniş;

👉 öz reproduktiv huquqlarini amalga oşiriş çoğida tibbiy-ijtimoiy, şuningdek psixologik yordam va axborot oliş;

👉 yordamçi reproduktiv texnologiyalardan foydalaniş.

Yuridik va jismoniy şaxslar fuqarolarning öz reproduktiv huquqlarini amalga oşirişi bilan boğliq axborotni sir saqlaşi şart.

Qonunda homiladorlikni sunʼiy ravişda töxtatiş şartlari ham belgilandi, unga köra:

- homiladorlikning 12 haftagaça bölgan muddatida, ayolning xohişiga köra;
- homiladorning hayotiga xavf soluvçi tibbiy körsatmalar mavjud bölganida homiladorlik muddatidan qatʼi nazar amalga oşiriladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek