Xorijiy OTMlardan öqişni köçiriş uçun test sinovlari
Xorijiy OTMlardan öqişini köçirayotganlar (perevod) diqqatiga!
Xorijiy OTMlardan öqişini Özbekiston OTMlariga köçiriş va köçirib qayta tiklaş istagini bildirgan fuqarolar uçun maxsus (online) test sinovlari bölib ötadi.
Test qaçon böladi?
Test sinovlari joriy yilning 24-25-avgust kunlari ötkaziladi.
Qaysi fanlardan böladi?
Bunda test sinovlari taʼlim oladigan öqitiş tili, muayyan taʼlim yönalişidagi öqişga kiriş fanlari böyiça bölib ötadi.
Öqişini xorijdan köçiriş istagini bildirgan fuqarolarga maxsus test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihonlar)ni ötkaziş vaqti va joyi töğrisida qöşimça maʼlumotlar yetkaziladi.
Testda neça ball oliş kerak?
Xorijiy OTMlardan öqişini respublika OTMlariga köçiriş va köçirib qayta tiklaşda maxsus (online) test sinovi böyiça ötiş balli mos OTM va taʼlim yönalişi böyiça 2018/2019 öquv yili qabuli uçun tölov-kontrakt asosidagi ötiş balliga teng etib belgilandi.
Bu nima degani? Masalan, kimdir xorijdan öqişini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining «Xalqaro iqtisodiyot va menejment» yönalişiga köçirib kelmoqçi bölsa, test sinovlarida 159,2 ball olişi kerak. Çunki bu yil şu fakultetga kontraktga kiriş bali aynan şunça bölgandi.
Super-kontrakt böladimi?
Ha, böladi. Mazkur ötiş balini töplay olmaganlar uçun örnatilgan tartibda oşirilgan tölov-kontrakt böyiça qabul qiliş tartibi qöllaniladi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

