Öqişga kira olmagan yana 100 abituriyent talaba böldi
Öqişga kira olmagan yana 100 abituriyent talaba böldi
2018/2019 öquv yilidan boşlab Özbekiston milliy universitetida “5120101-Filologiya va tillarni öqitiş: özbek tili” taʼlim yönalişi hamda Toşkent davlat pedagogika universitetida “5111200- Özbek tili va adabiyoti” taʼlim yönalişi böyiça kadrlar tayyorlaş qaytadan yölga qöyiladi.
Bu haqida Prezident Ş.Mirziyoyev 2018-yil 20-iyul kuni Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida ötkazilgan majlisda topşiriq bergan edi.
Uşbu topşiriq ijrosini taʼminlaş maqsadida, quyidagi qöşimça kvotalar ajratildi:
Özbekiston milliy universiteti uçun “Filologiya va tillarni öqitiş: özbek tili” taʼlim yönalişi böyiça - 50 ta;
Toşkent davlat pedagogika universiteti uçun “Özbek tili va adabiyoti” taʼlim yönalişi böyiça – 50 ta.
Bu 100 ta örin qanday töldiriladi?
Qöşimça ajratilgan bu 100 ta kvota Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetiga joriy yilda hujjat topşirib, tölov-kontrakt uçun yetarli ball töplay olmagan mos taʼlim yönalişlari abituriyentlari hisobidan şakllantiriladi.
Bu nima degani?
Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining “Filologiya va tillarni öqitiş: özbek tili” taʼlim yönalişi böyiça kontraktning eng oxiridan (168,6 ball) keyin turgan 50 nafar yiqilgan abituriyentlar ÖzMU talabasi böldi.
Xuddi şunday Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining “Özbek tili va adabiyoti” taʼlim yönalişi böyiça kontraktning eng oxiridan (160,9 ball) keyin turgan 50 nafar yiqilgan abituriyentlar Pedagogika universiteti talabasi bölişdi.
Bunda ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilinadi.
Kontraktmi, byudjetmi?
Uşbu 100 nafar omadli abituriyentlar tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Eʼtiborli tomoni bu qöşimça kontrakt emas, yaʼni ular oddiy miqdordagi kontrakt tölab öqişadi.
Ğoyibdan omad kulib boqqan uşbu abituriyent-talabalarni çin qalbdan tabriklayman! 👏👏👏
Ular orasidan özbek tilining rivoji uçun hissa qöşadigan olimlar yetişib çiqişiga tilakdoşman.
Quyidagi suratda ana şunday baxtli abituriyentlarning röyxatini körib turibsiz.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek
