2018/2019 öquv yili uçun super-kontrakt narxlari tasdiqlandi
2018/2019 öquv yili uçun super-kontrakt narxlari tasdiqlandi
Boş vazir örinbosari Aziz Abduxakimov bergan maʼlumotga köra, Davlat qabul komissiyasining 5-son bayoni asosida jami 276 ta yönaliş böyiça oşirilgan tölov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.
Unga köra, eng arzon super-kontrakt miqdori 82 mln 935 ming söm bölib, 141 ta yönalişda (51,1%) abituriyentlar ayni şu miqdordagi super-kontraktni tölab talabaga aylanişlari mumkin.
Eng qimmat super-kontrakt esa ötgan yildagidek huquq sohasi uçun belgilandi – 25 barobar! Bunga köra, yurist bölaman degan, lekin yetarli ball töplay olmagan abituriyentlar birinçi yil uçun 276 mln 450 ming söm tölab, talaba bölişlari mumkin.
Şu kabi super-kontrakt uçun 276 ta yönalişga jami 11 xil miqdordagi narxlar belgilandi.
Eslatma: töplagan ballari tölov-kontrakt doirasidagi qabul kvotalari çegarasiga 4 balldan ortiq ball yetmagan, biroq eng yuqori ballning 30%dan (56,7 ball) kam bölmagan holda, öqiş istagini bildirgan abituriyentlar super-kontrakda öqişi mumkin.
Super-kontrakt faqat birinçi yil uçun tölanadi (oddiy kontraktning summasi ham şuning içida), keyingi yillarda el qatori oddiy kontrakt tölanadi.
Batafsil maʼlumot: https://t.me/xushnudbek/751
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek
