Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Qöşma taʼlim dasturlari uçun kvotalar tasdiqlandi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

​​Xorijiy OTMlar bilan qöşma taʼlim dasturlari uçun kvotalar tasdiqlandi

Quyidagi OTMlarda 2018/2019 öquv yili qabuli uçun xorijiy OTMlar bilan qöşma taʼlim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlaş böyiça kvotalar tasdiqlandi:

1) Özbekiston milliy universiteti;
2) Toşkent tibbiyot akademiyasi;
3) Toşkent davlat agrar universiteti.

Kontraktmi, byudjetmi?

Barça kvotalar tölov-kontrakt asosida belgilandi.

Hujjatlar qaçongaça qabul qilinadi?

Xorijiy OTMlar bilan qöşma taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga abituriyentlardan hujjatlar 10-sentabrgaça qabul qilinadi.

Imtihonlar qaçon böladi?

Kiriş imtihonlari 15-20-sentabr kunlari ötkaziladi.

Öqiş qaçondan boşlanadi?

Xorijiy OTMlar bilan qöşma taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga öqişga tavsiya etilgan abituriyentlar uçun öqiş istisno tariqasida joriy yilning
1-oktabridan boşlanadi.

Izoh: qöşma dastur doirasida taʼlim oladigan talabalar öqişi mazkur va respublikaning boşqa OTMlari taʼlim yönalişlari va mutaxassisliklariga öqişi köçirilmaydi va tiklanmaydi.

Quyidagi suratda qöşma dastur asosida oçilgan 3 ta OTMdagi yönalişlar va hamkor xorijiy OTMlar röyxati, kvotalar soni berilgan. Qöşimça maʼlumotlarni OTMlarning özidan olişingiz mumkin.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek